Ortga

📝 Mijoz Roziligi (Telegram Guruhga A'zo Qo‘shish Xizmati Uchun)

Men, (bundan buyon "Mijoz" deb yuritiladi), Telegram platformasida odamlarni guruh(lar)imga qo‘shish xizmatiga rozilik bildiraman va quyidagi shartlarni qabul qilaman:

1. Xizmat mazmuni: Men bilaman va tushunaman — bu xizmat Telegram platformasida faol bo‘lgan real foydalanuvchilarni avtomatik yoki yarim-avtomatik usulda guruh(lar)imga qo‘shishni o‘z ichiga oladi.

2. Telegram siyosati va xavf-xatarlar: Men, Mijoz Telegram tomonidan o‘rnatilgan qoidalardan xabardorman va ushbu xizmatdan foydalanish guruhim yoki akkauntim vaqtincha yoki doimiy bloklanishiga olib kelishi mumkinligini tushunaman. Ushbu holatlarda xizmat ko‘rsatuvchiga hech qanday e’tiroz bildirmayman.

3. Maxfiylik va xavfsizlik: Xizmat davomida taqdim etilgan har qanday ma’lumot (guruh havolasi, foydalanish muddati va boshqa tafsilotlar) faqat texnik maqsadlar uchun ishlatiladi va uchinchi tomonlarga oshkor qilinmaydi.

4. Natijaviylik: Qo‘shiladigan foydalanuvchilar soni va ularning guruhda faol bo‘lishi kafolatlanmaydi. Xizmat faqat belgilangan sondagi foydalanuvchilarni guruhga qo‘shib berishga qaratilgan. Ularning qolish muddati yoki faoliyat darajasi xizmatga kirmaydi.

5. To‘lov va qaytarish: Xizmat uchun to‘lov oldindan to‘liq amalga oshiriladi va bajarilgan xizmatdan keyin pul qaytarilmaydi. Faqat texnik xatoliklar yoki xizmat bajarilmagan holatlar maxsus ko‘rib chiqiladi.

6. Cheklovlar (Muhim!): Mijoz diniy ekstremistik, narkotik moddalarning targ‘iboti, qimor va tavakkalchilikka asoslangan faoliyatlar bilan bog'liq, treyding va pul ko'paytirish, folbinlik va sehr-joduga oid faoliyatlar, davlat tuzumiga qarshi g‘oyalar yoki boshqa noqonuniy mazmundagi guruh va kanallarga odam qo‘shish xizmatini buyurtma qila olmaydi. Bunday holatlar aniqlansa, xizmat darhol to‘xtatiladi va to‘lov qaytarilmaydi.

7. Rozilik: Yuqoridagi barcha shartlarni o‘qib chiqdim, tushundim va ularga roziman. Ushbu xizmatdan foydalanish — mening ongli ravishda qabul qilgan qarorimdir.